Fargʻonada ham “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” tadbiri tashkil etildi

Fargʻona viloyatida aholini ommaviy sportga keng jalb qilish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, pandemiya davrida jamiyatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa keksalar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb etish, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyatini targʻib etish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Fargʻona viloyati hokimi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil qilingan ommaviy yurish marafoni ommaviy sport tadbirlarining mantiqiy davomi va chinakam sport bayrami boʻldi.

Bugun “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni hamda ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari Fargʻona viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi Ahmedov Xurshidjon Rustamovich ishtirokida oʻtkazildi. Yurish marafoniga Fargʻona shahridagi I.A.Karimov nomidagi sanʼat saroyi maydonidan start berildi. Ishtirokchilar belgilangan masofani bosib oʻtgach, shu maydonda badantarbiya mashqlarini bajarishdi.

Bunday tadbirlar viloyatning barcha hududlarda oʻtkazilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *