Fargʻonada “Universiada-2020” sport oʻyinlarining futbol musobaqalari boshlandi

Pandemiya sababli toʻxtatilgan “Universiada-2020” sport oʻyinlari yana davom ettirilmoqda. Bugun Fargʻona viloyatida mazkur oʻyinlar dasturidan oʻrin olgan futbol musobaqalariga start berildi.

Unda hududiy bosqichlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo hamda Fargʻona viloyatlari jamoalari gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda.

Qurʼa natijalariga koʻra yarim final juftliklari aniqlandi. Unda Buxoro – Jizzax hamda Qashqadaryo – Fargʻona viloyatlari final yoʻllanmasi uchun kurashadigan boʻldi.

Yarim finalning dastlabki oʻyinida buxoroliklar katta tashabbusga ega boʻlishdi va yirik – 3:0 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Ikkinchi juftlikda esa mezbonlar qashqadaryolik raqiblarini kichik – 1:0 hisobida magʻlub etdi.

Ertaga boʻladigan final oʻyinida Buxoro hamda Fargʻona viloyati talaba futbolchilari oʻzaro kuch sinashadi. Mazkur oʻyin Fargʻona Davlat universiteti stadionida tashkil etiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *