FINA reytingi yangilandi, hamyurtlarimiz yuqorilashdi

Xabaringiz bor, yaqinda poytaxtimizda suzish boʻyicha Oʻzbekiston ochiq kubogi musobaqasi oʻtkazildi. Unda milliy terma jamoamiz aʼzolaridan Xurshidjon Tursunov (Navoiy) hamda Vladislav Mustafin (Toshkent) Olimpiya oʻyinlari talabini bajarishga muvaffaq boʻldi. Yaʼni sportchilarimiz mos ravishda 100 metr masofaga erkin va brass usulida suzish boʻyicha “A” standartlarini bajardi.

Kuni kecha Butunjahon suzish federatsiyasi (FINA) oʻzining yangi reytingini eʼlon qildi. Oʻzbekiston suzish federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, yangilangan reytingda vakillarimiz oʻz mavqeini yaxshilab olishgan va hozirda reytingning yuqori pogʻonalarida borishmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *