Futbol mahorati maktablari oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi boshlanadi

23-noyabrdan mamlakatimizning beshta hududida futbol mahorati maktablari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi bahslariga start beriladi.

Musobaqada 2003-yil (U-17), 2004-yil (U-16), 2005-yil (U-15), 2006-yil (U-14) hamda 2007-yilda (U-13) tugʻilgan oʻsmirlar gʻoliblik uchun bahs olib borishadi.

Jumladan, 2004-yilda (U-16) tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi bahslarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi mezbonlik qiladi.

Musobaqa oldidan bu yerda qurʼa tashlash marosimi hamda ishtirokchi jamoalar oʻrtasida yigʻilish oʻtkazildi. Unga koʻra jamoalar oʻz raqiblarini bilib olishdi hamda 1-tur oʻyinlarida qaysi jamoa qanaqa libosda harakat qilishiga ham aniqlik kiritildi.

A guruhi

Navoiy

Namangan

Andijon

Xorazm

B guruhi

Fargʻona

Toshkent viloyati

Jizzax

Surxondaryo

C guruhi

Sirdaryo

Toshkent sh.

Samarqand

D guruhi

Buxoro

Qashqadaryo

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *