Futbol: U-19 yoshlar terma jamoamizdan gʻalaba

Avval xabar berganimizdek Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi tojikistonlik tengqurlariga qarshi maydonga tushdi.

Timur Kapadze boshchiligidagi U-19 yoshlar terma jamoamiz Tojikistonning Xoʻjand shahrida mehmon boʻldi va 0:1 hisobida raqiblarini magʻlub etdi.

Birozdan soʻng milliy terma jamoamiz Toshkentda “Lokomotiv” stadionida Tojikiston termasini qabul qiladi.

Mazkur bahsda terma jamoamizga omad yor boʻlishini tilagan holda, ukalari qayd etgan natijadan ham yuqoriroq natijalar kutib qolamiz!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *