Futzal: murosasiz kechgan bahsda eronliklarning qoʻli baland keldi

Kichik futbol deya nom olgan futzal musobaqalari ham mana asta-sekinlik bilan boshlanmoqda.

Bugun futzal boʻyicha milliy terma jamoamiz dastlabki xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvini Osiyoning eng kuchli terma jamoasi deya ataladigan Eron termasiga qarshi bahs bilan boshladi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz garchi kichik hisob bilan raqibga imkoniyatni boy berib qoʻygan boʻlsa ham oʻyinda aslo eronliklardan qolishmasliklarini yana bir bor isbotlashdi.

Birinchi boʻlimning toʻqqizinchi daqiqasida Ali Ibrohimiy penaltidan hisobni ochgan boʻlsa, oradan toʻrt daqiqa oʻtib mehmonlar vakili Taha Nematian ikkinchi golni darvozamizga kiritib eronliklarni ikkita toʻp farqi bilan tanafusga olib chiqib ketdi. Ikkinchi boʻlimda futzalchilarimiz oʻyin tizginini oʻz qoʻllariga olishdi desak mubolagʻa boʻlmaydi, sababi yigirma yettinchi daqiqada Xushnur Erkinov tomonidan uzoq masofadan yoʻllangan zarbadan soʻng raqib darvozaboni dogʻda qoldirildi, 1:2.

Bellashuv shu hisob bilan yakunlandi. Terma jamoamiz oldinda yana bir nechta oʻrtoqlik uchrashuvlar oʻtkazishni rejalashtirgan. Mazkur oʻrtoqlik uchrashuvlari ikki oydan soʻng boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.

Quyida bugun maydonda harakat qilgan terma jamoalar tarkibi bilan tanishishingiz mumkin:

Oʻzbekiston: 12. Ravshan Eliboyev 3. Mashrab Odilov 7. Dilshod Rahmatov 15. Sunnatilla Joʻrayev 11. Akbar Usmonov

Zaxira: 4. Ixtiyor Ropiyev 8. Husniddin Nishonov 10. Davron Choriyev 14. Konstantin Sviridov 6. Javlon Anorov 2. Hushnur Erkinov 9. Dilmurod Shavkatov 5. Elbek Toʻlqinov 13. Dilmurod Jumayev 1. Akmaljon Hazratqulov 17. Avazbek Abduvaliyev

Eron: 1. Seper Moxammadi, 7. Askar Xasanzade, 11. Mexdi Karimi, 13. Farxad Tavakali, 14. Alireza Askari

Zaxira: 2. Said Momeni, 3. Meysam Xayyam, 4. Salar Agapair, 5. Ali Rafiyey, 6. Moxammad Reza Sangsefid, 8. Moxammad Shadjari, 9. Ali Ebraximi, 10. Taxa Nematian

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *