Gandbol: oʻquv-mashgʻulotlar yigʻini qizgʻin davom etmoqda

Gandbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzolarining bugungi mashgʻulotlarini Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov kuzatdi.

Xabar berganimizdek, shu kunlarda gandbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar va qizlar terma jamoalari navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida ishtirok etishmoqda.

Jumladan, 1-noyabrdan boshlab Samarqand shahridagi 2-sonli Akademik litsey sport zalida oʻsmirlar terma jamoasi aʼzolari oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinini olib borishmoqda.

Ayni paytda Samarqand viloyatida boʻlib turgan Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov yosh gandbolchilarimizning mashgʻulotlarini kuzatdi.

Tashrif davomida Ravshan Sayfiddinovich gandbolchilarimizga yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi hamda boʻlajak musobaqalarda sportchilarimizga omad tiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *