Gandbol: qizlarimiz nufuzli musobaqaga Olmaliqda tayyorgarlik ko‘rmoqda

Joriy yilning noyabr oyida Kolumbiyaning Kali shahrida 21 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasida gandbol bo‘yicha qitʼalararo birinchilik bo‘lib o‘tadi. 

Butun dunyo bo‘ylab uzoq davom etgan pandemiya davridan so‘ng tashkil etilayotgan ushbu nufuzli musobaqada Osiyo qitʼasi sharafini O‘zbekiston terma jamoasi qizlari himoya qilishadi.

Ayni paytda sportchilarimiz xalqaro musobaqada munosib qatnashish maqsadida Toshkent viloyati Olmaliq shahrida so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib borishmoqda.

Yig‘in davomida gandbolchi qizlarimizning sport formasini tiklash va jamoaviy o‘yinni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. O‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini 8 oktyabrga qadar davom etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *