Gandbol: Sirdaryoda o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida poytaxtliklar munosib ishtirok etishdi

Xabaringiz bor joriy yilning 2 dekabr kuni gandbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berilgan edi.

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘smir va qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati bugun o‘z yakuniga yetdi.

Mazkur chempionat bahslarida o‘smirlar 10 ta hamda qizlar 13 ta jamoada jami 350 nafar ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun bellashishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra jamoalar quyidagi o‘rinlarni egallashdi:

O‘g‘il bolalar.

1-o‘rin. Toshkent shahri

2-o‘rin. Sirdaryo viloyati

3-o‘rin. Farg‘ona viloyati

3-o‘rin. Andijon viloyati

Qizlar.

1-o‘rin. Toshkent shahri

2-o‘rin. Sirdaryo viloyati

3-o‘rin. Xorazm viloyati

3-o‘rin. Namangan viloyati jamoalari qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekiston chempionati yopilish marosimi ham bayramona tarzda  tashkillashtirilib g‘olib va sovrindor jamoalar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Sirdaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan 1, 2, 3-darajali diplom va medallar, sport formalari va qimmatbaho sovg‘lar bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *