Hasanboy Doʻsmatov professional boksdagi navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi

Olimpiada chempioni, professional boksning yengil vazn toifasida (-48,99 kg) ringga koʻtarilgan Xasanboy Doʻstmatovdan navbatdagi gʻalaba.

Xabaringiz bor Hasanboy Doʻsmatov (1-0, 1 KO) kecha ikkainchi jangini oʻtkazdi. Aslida Hasanboy Pavel Gunchenkoga qarshi ringga chiqishi kerak edi, ammo jangga bir kun qolganda uning raqibi oʻzgardi va Hasanboy asli andijonlik, hozirda Rossiyada istiqomat qilayotgan Odiljon Sotqinovga qarshi ringga koʻtarildi.

Ushbu jang 6 raundga moʻljallangan edi ammo, jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Jangning birinchi raundida Hasanboy raqibini toʻrt marta nokdaun holatiga tushirib qoʻydi. Toʻrtinchi nokdaundan soʻng hakam jangni toʻxtatdi va Doʻsmatovning muddatidan oldin gʻalabasini qayd etdi.

Maʼlumot uchun aytib oʻtmoqchimiz Doʻsmatov 2019-yil noyabr oyida Meksikada prof ringdagi debyutini nishonlagan va oʻshanda meksikalik Xesus Villanuyevani ikkinchi raundda nokautga uchratgandi.Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *