
Kuni kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari Qoʻl jangi federatsiyasining sportning Qoʻl jangi turi boʻyicha “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengashining kubogi” uchun musobaqa boʻlib oʻtdi.
Ushbu musobaqa Nukus shahar 1-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabida tashkil etildi. Ikki kun davom etgan mazkur musobaqaga 8 ta vazn toifasida 14 ta jamoa 150 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi.
Musobaqa yakuniga koʻra, umumjamoa hisobida 1-oʻrinni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari, 2-oʻrinni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoasi egallagan boʻlsa, 3-oʻrin Qoʻl jangi federatsiyasi sportchilariga nasib etdi.
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlarga kubok, diplom, hamda qimmat baho sovgʻalar topshirildi.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati