Ilk marotaba o‘tkazilayotgan “Onlayn velopoyga”da faol ishtirok eting!

Mamlakatimizda karantin talablari yumshatilishi munosabati bilan sport olamida ham anʼanaviy hamda onlayn musobaqalar tashkillashtirilmoqda. Ana shunday musobaqalardan yana biri O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Onlayn velopoyga” musobaqasidir. Ushbu musobaqani o‘tkazishdan ko‘zda tutilgan maqsad, avvalo, aholi salomatligini mustahkamlash, ularni jismoniy chiniqtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat.

Onlayn velopoygada o‘zingizga qulay bo‘lgan sharoitda, istalgan vaqtda ishtirok etishingiz mumkin. Mazkur onlayn musobaqaning ishtirokchisiga aylanishingiz uchun www.yoshlarsport.com saytidan ro‘yxatdan o‘tkazishingiz kerak. So‘ngra sizning elektron manzilingizga virtual VIB-raqamingiz hamda kerakli ilovalarga havolalar kelib tushadi.

Onlayn velopoygada ishtirok etish uchun velosiped yoki velotrenajyorda bosib o‘tgan masofangiz natijasini qayd etib borishingiz kerak. Ularni tasvirga tushirib, mobil ilova va sport gadjetlari orqali saytga yuborishingiz lozim. Shuningdek, shaxsiy Instagram sahifangiz orqali  #minsport #cyclinguz #ProRun xeshtegidan foydalangan holda, o‘z natijalaringizni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylab, turnir ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin.

Natijalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ishlash 21-26 sentyabr kunlari sayt orqali amalga oshiriladi. 2020 yil 31 dekabrgacha har bir bosqich yakuniga ko‘ra, har shanba kuni soat 20:00da tanlovning barcha shartlarini bajargan ishtirokchilar orasida sovrinlar o‘ynaladi. G‘olib Instagramning prorun.uz sahifasidagi randomizer vositasida bevosita efir orqali aniqlanadi.

Musobaqa g‘oliblari va ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasining sovrinli yutuqlariga ega bo‘ladi.

O‘zMU talabasi Umida Achildiyeva tayyorladi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *