Jismoniy mehnat jismoniy tarbiyaning o‘rnini bosa oladimi?

Inson tanasi doimiy harakatlanib turishga moslashgan. Sababi, ko‘p asrlar burun odamlar ham boshqa jonzotlar kabi o‘z ozuqasini jismoniy harakati orqali topgan. Ammo, XX asr, ya’ni fan-texnika asrining so‘nggi choragiga kelib insonlar ko‘proq aqliy mehnat orqali kun ko‘radigan bo‘lib qolishdi. Bu esa kamharakatlilik, buning ortidan kelib chiqadigan semizlik, ortiqcha vazn oqibatida kelib chiquvchi bir qator kasalliklarning ko‘payishiga olib keldi.

Ko‘pchilik kun davomida qilgan ishlarini misol keltirib, “biz jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini bajarmasak ham bo‘ladi”, deyishadi. Ayniqsa, onaxonlarimiz “ertalab turib hovli supuraman, ovqat tayyorlayman, mana shularning o‘zi ertalabki badantarbiyaning o‘rnini bosadi”, deya ta’kidlaydi.

Ammo bu ishlarni bajarayotganda xato qilmaslik uchun, aqlimizni ham faol ishlatamiz. Shuning uchun bu jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga kirmaydi. Jismoniy tarbiya mashg‘uloti paytida esa miya dam olib, faqatgina jismoniy harakatni amalga oshirishimiz kerak.

Kechki ovqatdan so‘ng 3-4 kilometr piyoda sayr qilish taomning yaxshi hazm bo‘lishiga foyda beradi. Shuningdek, kishining jismoniy faolligini ham oshirib, ko‘p kasal bo‘lishning oldini oladi.

Shunday ekan, jismoniy mehnatni jismoniy mashg‘ulot yoki badantarbiya bilan adashtirmang. O‘z vaqtida va muntazam jismoniy tarbiya bilan shug‘ullaning va sog‘lom bo‘ling!


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *