“Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi”: 1/16 final gollarga boy boʻldi

“Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida oʻtayotgan futbol boʻyicha vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari hamda yirik korxona-tashkilotlar xodimlari oʻrtasidagi “Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi” musobaqasida kuchlilar saralanmoqda. Bugun 1/16 final bosqich oʻyinlari oʻtkazilib, nimchorak finalga yoʻl olgan jamoalar maʼlum boʻldi.

Ushbu bosqichda ham jamoalar sermahsullik koʻrsatishdi. Eng yirik hisob Davlat bojxona qoʻmitasi hamda Gidrometeorologiya xizmati markazi jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda qayd etildi. Bojxonachilarning 13ta goliga raqib jamoa atigi bitta toʻp bilan javob qaytardi.

Gollarga boy oʻyinlardan yana biri Agrosanoat majmuyida xizmatlar koʻrsatish markazi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi oʻrtasida kechib, unda 8:3 hisobi qayd etildi, yaʼni darvozalar umumiy 11-marta ishgʻol etildi.

Xalq banki hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda ham darvozalarga shuncha gol kiritildi. Faqat, deyarli tengkurashlar ostida kechgan bahsda bankirlar raqibidan bitta koʻp gol urishdi – 6:5.

Tarkibidan “Oʻzbekiston iftixori” Ravshan Ermatov, MDH kubogi sohibi Ildar Magdeyev singari oʻzbek futbolining yorqin namoyondalari oʻrin olgan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi jamoasi qatorasiga ikkinchi oʻyindirki kurashsiz gʻalaba qozonmoqda. Bu safar ularning raqibi – Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻyinga yetib kelmadi, OʻFA texnik gʻalaba bilan keyingi bosqichga yoʻl oldi. 1/32 finalda esa «Oʻzbekenergo» AJ ham OʻFA bilan kuch sinashishdan choʻchidimi, xullas ular ham oʻyinga kelishmadi.

“Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi”

1/16 final

“Oʻzbekgidroenergo” AJ – Davlat Coliq qoʻmitasi -:+

Sport yakkakurashlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi – «Uzvtorsvetmet» AJ – 4:1

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi – “Sharq” nashriyoti DUK – 3:0

Qishloq xoʻjaligi vazirligi – Moliya vazirligi – 2:0

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi – Maktabgacha taʼlim vazirligi +:-

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi – 1:2

“Olmaliq KMK” AJ – “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” AJ – 1:0

Gidrometeorologiya xizmati markazi – Davlat bojxona qoʻmitasi – 1:13

«Mirokredit bank» ATB – “Agrobank” ATJ – 3:1

Suv xoʻjaligi vazirligi – “Oʻzstandart” agentligi -:+

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi – Markaziy bank – 5:0

Agrosanoat majmuyida xizmatlar koʻrsatish markazi – Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi – 8:3

“Xalq banki” – Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi – 6:5

Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi – Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi – 0:6

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ – Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi – 3:2

“Oʻzagrosugʻurta” AJ – “Sanoat qurilish bank” ATB -:+

1/8 final juftliklari:

Davlat Coliq qoʻmitasi – Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi – Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Sport yakkakurashlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

“Xalq banki” – “Olmaliq KMK” AJ

«Mirokredit bank» ATB – Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

“Oʻzstandart” agentligi – Agrosanoat majmuyida xizmatlar koʻrsatish markazi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi – “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ

“Sanoat qurilish bank” ATB – Davlat bojxona qoʻmitasi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *