Jismoniy tarbiya va sport vazirligida «Korrupsiya va komplayens nazorat» mavzusida oʻquv kursi tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2020-yil 30-iyun kuni “Odil sudlovni taʼminlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” kengaytirilgan tarzda videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.

Yigʻilishda berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yil 13-oktyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi hamkorligida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalar rahbarlari uchun “Korrupsiya va komplayens nazorat” mavzusida oʻquv kursi vedeokonferensiya shaklida tashkil etildi.

Unda vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 200 dan ziyod rahbar kadrlar ishtirok etdi. Oʻquv kursi davomida Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-oʻqituvchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyati, Korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonun xujjatlari: xalqaro standartlar hamda milliy qonunchilik, Korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklar uchun javobgarlik, Davlat organlari faoliyatida “komplayens nazorat” tizimini taʼminlash mexanizmlari kabi mavzular boʻyicha maʼruzalar qilindi.

Shuningdek, oʻquv kursida aholining huquqiy savodxonligini oʻsishi korrupsiyaga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega ekanligi, huquqiy savodxonlikning yetishmasligi korrupsiyaning kelib chiqishiga sabab boʻlayotganligi alohida taʼkidlab oʻtildi.

Oʻquv kursi yakuni boʻyicha tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javob oldilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *