Jizzax viloyatidagi “Sugʼdiyona” sport majmuasi faoliyati bilan tanishamiz

Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi viloyat Gimnastika boʼyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʼsmirlar sport maktabi hamda viloyat Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʼsmirlar sport maktablari “Sugʼdiyona” sport majmuasida mashgʼulotlarni olib borada.

Jizzax shahridagi “Sugʼdiyona” sport majmuasi 2016 yilda yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan. 

Viloyat Gimnastika boʼyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʼsmirlar sport maktabi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 dekabrdagi “Bolalar–oʼsmirlar sport maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 356-sonli qarori asosida tashkil etilgan.

Muassasa shugʼullanuvchilari 1 ta (18×42 oʼlchamdagi) sport zal, 3 ta sport turi yaʼni badiiy gimnastika, sport gimnastikasi hamda sport akrobatikasi boʼyicha mashgʼulotlarini olib boradi.
Muassasada 42 ta guruhga 446 nafar yoshlar jalb yetilgan boʼlib, ulardan 340 nafari qizlarni tashkil etadi. Shundan 270 nafar badiiy gimnastika, 154 nafari sport gimnastikasi, 22 nafar sport akrobatikasi boʼyicha muntazam shugʼullanib kelmoqda. Qiz bolalarni sportga koʼproq jalb qilish maqsadida muassasada haftaning shanba kunlari har xil sport turlaridan ochiq yeshiklar kuni tashkil yetilmoqda hamda mahorat saboqlari oʼtkazib kelinmoqda.

Shuningdek, Zarbdor, Paxtakor va Sharof Rashidov tumanlarida ham oʼquv-mashgʼulot guruhlari mavjud boʼlib, 46 nafardan ortiq oʼquvchi-yoshlar badiiy gimnastika bilan doimiy ravishda shugʼullanishga jalb etilgan.

Bugungi kunda sport maktabida 23 nafar malakali trenerlar faoliyat olib bormoqda (17 nafari ayollar). Shu oʼrinda taʼkidlash lozim, yosh sportchilarga bilim va koʼnikma berib kelayotgan 23 nafar trenerdan 15 nafari oliy, 8 nafari oʼrta-maxsus maʼlumotga ega, ulardan 9 nafari 1-toifali va 2 nafari 2-toifali trenerlar hisoblanadi. Bundan tashqari, sport maktabining 1 nafar tarbiyalanuvchisi terma jamoa aʼzosi sanaladi hamda 1 nafari oʼrinbosar (stajyor)lar tarkibiga kiritilgan.

Sportchilar Xalqaro turnirlarda jami 25 medal, shundan 2 ta oltin, 10 ta kumush va 13 ta bronza medallarini qoʼlga kiritishgan. Oʼzbekiston chempionatida jami 143 ta medal jamgʼarishgan boʼlib, shundan 130 ta oltin, 6 ta kumush hamda 7 ta bronza medallarini qoʼlga kiritishgan.

Shuningdek, “Soʼgʼdiyona” sport majmuasida viloyat Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʼsmirlar sport maktabi ham joylashgan boʼlib, mazkur sport maktabida 1 ta (25×12 oʼlchamdagi) suzish havzasi yoshlar ixtiyoriga topshirilgan.

Jizzax viloyati Suv sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʼsmirlar sport maktabida 4 ta olimpiya (suv polosi, suzish, suvga sakrash, sinxron suzish) sport turlari boʼyicha 27 ta guruhga 204 nafar yoshlar jalb etilgan (85 nafari qizlar). Bundan tashqari, zaxira guruhlarda 50 dan ortiq oʼquvchi-yoshlar suv sporti turlari boʼyicha doimiy ravishda shugʼullanib kelmoqda.

Bugungi kunda sport maktabida 4 ta olimpiya sport turlari boʼyicha jami 18 nafar malakali trener faoliyat olib borayotgan boʼlib, ulardan 5 nafari ayollardir. Shu oʼrinda taʼkidlash lozim, yosh sportchilarga bilim va koʼnikma berib kelayotgan 18 nafar trenerdan 10 nafari oliy, 8 nafari oʼrta-maxsus maʼlumotga yega. Trenerlarning 5 nafari 1-toifali va 3 nafari 2-toifali hisoblanadi.


Sport maktabi oʼquvchilari soʼngi 3 yilda respublika musobaqalarida 98 ta medallarni qoʼlga kiritishgan. Jumladan, 2017 yilda jami 16 ta, shundan 6 ta oltin, 1 ta kumush, 9 ta bronza. 2018 yilda jami 61 ta, shundan 12 ta oltin, 13 ta kumush va 36 ta bronza. 2019 yilda jami 16 ta, shundan, 1 ta kumush, 15 ta bronza. 2020 yilda esa jami 5 ta, shundan 1 ta oltin, 1 ta kumush hamda 3 ta bronza medallarini oʼz hisoblariga yozdirib qoʼyishgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *