Jizzaxda 500 nafardan ortiq insonlar 5000 qadam yurishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusining ikkinchi yoʻnalishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2020-yil 10-iyuldagi “Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishni tizimli va uzliksiz davom ettirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Jizzax viloyatida ham koʻplab tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Erta tongdan jizzaxliklar “Sogʻlom hayot uchun” shiori ostida 5000 qadam yurish hamda ertalabki badantarbiya mashqlari bajarishdi. Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va Sharof Rashidov tuman xokimligi hamda hamkor tashkilotlar bilan oʻtkazilgan tadbirda 500 nafardan ortiq tuman aholisi ishtirok etdi.

Barcha tadbirlar karantin qoidalariga rioya qilingan holda tashkil etilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *