Jizzaxda “Sogʻlom kelajak sari” sport festivali boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2019-yil 19-martdagi oʻtkazilgan videoselektor majlisida belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi yoʻnalishi boʻlgan yoshlarni jismonan chiniqtirish, ularni sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida yurtimizning barcha hududlarida sport tadbirlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va qator tashkilotlar hamkorligida “Sogʻlom kelajak sari” shiori ostida yoshlar sport festivali boʻlib oʻtdi.

Ushbu sport festivali chekka – Arnasoy tumanidan boshlandi. Mazkur sport festivaliga tumandagi mavjud umumtaʼlim maktablaridan 350 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. Yosh sportchilar besh kilometr masofaga marafon, gandbol, futbol, basketbol va voleybol sport turlari boʻyicha musobaqalarda ishtirok etishdi. 

Koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazilgan katta sport tadbiri bayramona konsert dasturiga ulanib ketdi.

Tadbir yakunida ushbu sport festivalida faol ishtirok etgan yoshlar mutasaddilar tomonidan taʼsis etilgan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi. 

Eslatib oʻtamiz, “Sogʻlom kelajak sari” yoshlar sport festivali viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *