Jizzaxda voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida XXVII O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda

Shu kunlarda Jizzax shahrida voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida XXVII O‘zbekiston chempionatining 2-tur bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Bahslarga Jizzax shahridagi “Istiqlol” universal sport majmuasi mezbonlik qilayapti.

27 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar bo‘lib o‘tadigan ushbu musobaqada respublikamizning Andijon, Buxoro, Xorazm, Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan jami 8 ta jamoa ishtirok etmoqda. Maʼlum sabablarga ko‘ra (koronavirus sababli) 4ta jamoa musobaqaga yetib kelolmadi.

Dastlabki uchrashuvda Buxoro viloyatining “Yoshlik” jamoasi Toshkent viloyatining “SKUF” (Universitet jamoasi sport klubi) bilan o‘zaro bahs olib bordi. Yakunda Toshkent viloyati sportchilari raqiblaridan har jabhada ustun ekanliklarini namoyish etib, 3-0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Shundan so‘ng Xorazm viloyatining “Urganch OZK” jamoasi Andijon viloyatining “Bo‘ston” jamoasiga qarshi baxs olib bordi. Bu o‘yinda ham 3-0 hisobida Andijon viloyati jamoasining qo‘li baland keldi.

Shuningdek, musobaqada Qaraqalpog‘iston Respublikasining “NDPI” (Nukus davlat pedagogika instituti), Jizzax viloyatining “JDPI” (Jizzax davlat pedagogika instituti), “Jizzax” hamda Namangan viloyatining “NamDU” (Namangan davlat universiteti) jamoalari ham g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda.

Bahslar davom etmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *