Kamondan otish: o‘smirlar va qizlar O‘zbekiston chempionligi uchun bahslashadi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020 yil uchun Respublika kalendar rejasiga asosan 2020 yilning 1-6 oktyabr  kunlari Respublika olimpiya zaxiralari kollejida   kamondan otish bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oladi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi hamda Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamkorligida tashkil etiladi.

Musobaqa dasturidan 70 metr masofadan otish, mikst hamda jamoa birinchiligi mashqlari joy olgan. 

Mazkur musobaqada Toshkent shahri, Farg‘ona, Samarqand, Termiz  viloyatlari sportchilari o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadilar.

Ushbu musobaqa sportchilarning jismoniy, texnik-taktik, psixologik tayyorligini takomillashtirishda va ularning sport mahoratini oshirishga  xizmat qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *