Karate WKF boʻyicha mamlakat birinchiligi yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6099-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatning barcha hududlarida sport tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq joriy yilning 15-17-dekabr kunlari Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning karate WKF turi boʻyicha bolalar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslar yakunlariga koʻra, umumjamoa hisobida 17 oltin medalni qoʻlga kiritib Xorazm viloyati sportchilari birinchilikni egallashgan boʻlsa, 15 ta oltin medalni mezbon jamoa Toshkent viloyati karatechilari qoʻlga kiritib ikkinchi boʻlishdi. Uchinchi oʻrinni esa buxorolik sportchilar 8 ta oltin medal bilan band qilishdi.

Gʻolib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda sovgʻalar topshirildi.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *