Karate WKF: Toshkent viloyati karatechilari Oʻzbekiston Kubogi sohibi

Joriy yil taqvim rejasiga asosan, 21-23-noyabr kunlari Xorazm viloyatining Urganch shahrida Karate WKF boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi bahslari yakunlandi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 500 ga yaqin karate ustalari yakka va jamoa kata yoʻnalishlarida oʻz kuch mahoratlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Qayd etish lozimki, mazkur musobaqada kattalar, yoshlar va oʻsmirlar ham ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Qizgʻin va shiddatli bahslar yakuni boʻyicha gʻolib va sovrindorlar nomi aniq boʻldi.

Medallar jamgʻarish boʻyicha umumjamoa hisobida Toshkent viloyatlik karatechilarga teng keladigan raqib topilmadi.

Andijon jamoasi ikkinchi, Surxondaryo viloyati jamoasi uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Shaxsiy va jamoa boʻyicha gʻolib va sovrindorlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston karate WKF federatsiyasi va homiy tashkilotlarning sovrinlari bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *