Kosonda “Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” gʻoyasi ostida targʻibot tadbirlari boshlandi.

Bugun Koson tumanida keng jamoatchilik vakillari, aholi va ayniqsa yoshlar ishtirokida “Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” gʻoyasi ostida targʻibot tadbirlari boshlandi. Mazkur tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, joylarda oʻtkazilayotgan targʻibot tadbirlarida aholining barcha qatlamlarini toʻla qamrab olishdan iboratdir.

Bunday targʻibot tadbirlarining dastlabkisi tumandagi «Nartibaland» MFY hududida, mazkur mahalla aholisi ishtirokida oʻtkazildi. Tadbir doirasida tuman markaziy oʻyingohida mahalla yoshlari ishtirokida futbol musobaqasi, shuningdek, Amir Temur xiyobonida sportning shaxmat va stol tennisi turlari boʻyicha 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan aholi ishtirokida musobaqalar tashkil etildi. 

Bundan tashqari Musiqa va sanʼat maktabida tuman hayotidan hikoya qiluvchi videofilm namoyish etilgan boʻlsa, keyin yosh isteʼdod egalari oʻzlarining sahna chiqishlari bilan koʻpchilikka aʼlo kayfiyat ulashdi. Shu bilan birga, rassomchilik bilan shugʻullanuvchi isteʼdod egalarining chizgan namunalari tadbirni yana-da bezadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *