Kurash maydonida OʻzDJTSU professor-oʻqituvchilari

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining kurash zalida professor-oʻqituvchilar oʻrtasida kurash boʻyicha -73 kg, -90 kg hamda +90 kg vazn toifalarida musobaqalar oʻtkazildi.

Universitetning milliy kurash turlari, oʻyinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan musobaqa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash hamda 8-dekabr – Konstitutsiya kuniga bagʻishlab tashkil etildi.

Qiziqarli va oʻziga xos bayramona tarzda oʻtgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga koʻra, -73 kg vazn toifasida M.Toshmurodov, -90 kg vaznda N.Chorshanbiyev va nihoyat +90 kg vaznda B.Xoliqovlar barcha raqiblarini yengib, musobaqa gʻolibi boʻlishdi.

Musobaqada kuchli uchlikdan joy olgan professor-oʻqituvchilar universitet tomonidan taʼsis etilgan diplom, medal va esdalik sovgʻalariga ega boʻlishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *