Kurash milliy sport turi 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqiladi.

“Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq:

2021-yildan har ikki yilda bir marta kurash boʻyicha talabalar oʻrtasida xalqaro musobaqalar oʻtkaziladi;

2020-yildan har yili bir marta davlat xizmatchilari oʻrtasida “Oʻzbek polvoni” respublika musobaqasi oʻtkaziladi.

▫️Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiyada 2028-yilda esa Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kirishiga erishish koʻzda tutilgan.Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *