Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha videokonferensiya boʻlib oʻtdi

2020-yil 18-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida kengaytirilgan tarzda videoselektor majlisi oʻtkazilgan edi.

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida “Ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimini yana-da takomillashtirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 71-sonli majlis bayoni ijrosi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-oktyabrdagi «Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari, koʻp kvartirali turar joy fondini 2020/2021-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 605-628-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan onlayn yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Videokonferensiya tarzida oʻtkazilgan yigʻilish tizim tashkilotlarda 2020/2021-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavsumni betalofat oʻtkazish boʻyicha mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga qaratildi. Unda vazirlik tizim tashkilotlarida 2020/2021-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari hamda respublika tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmat

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *