Mahalla bolalari oʻrtasida “Futbolimiz kelajagi” musobaqasining Buxoro viloyati bosqichi yakunlandi

Bugun bolalar sportiga, futbolga berilayotgan eʼtibor minglab yoshlarning jismonan sogʻlom boʻlib voyaga yetishida muhim omil boʻlmoqda.

Shu kunlarda butun respublika boʻylab mahalla bolalari oʻrtasida tashkil etilayotgan “Futbolimiz kelajagi” va “Mahallada futbol” musobaqalarining Buxoro viloyati bosqichida ham minglab bolalar va oʻsmirlar bu eʼtiborlar samarasi ularoq, bir-birlariga katta raqobat taqdim etishdi.

Buxoro viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi, shuningdek, viloyat futbol assotsiatsiyasi hamkorligida oʻtkazilgan “Futbolimiz kelajagi” musobaqasida hududiy bosqichlarda gʻolib chiqqan jamoalar chempionlik uchun kurash olib borishdi.

Musobaqaning finaliga Olot tumani va Kogon tumani bolalar jamoalari yetib kelishdi. Tadbirning final bosqichi, keskin va murosasiz ruhda oʻtdi. Millionlar oʻyini Romitan tumanida ham sevib oʻynalishi bahslar davomida koʻzga tashlandi. Aynan ushbu tuman yoshlari kogonlik tengqurlarini 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib gʻolib deb topildi.

Endi ular respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qilishadi. Musobaqa soʻngida qatnashchilar kubok va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *