“Mahallamizda futbol” musobaqasining Jizzax viloyati bosqichi g‘olibi aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlarlari to‘g‘risida”gi PF-5887-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash hamda viloyat yoshlarini sportga kengroq jalb qilish, ushbu sport turiga qiziqishini yana-da orttirish, yosh iqtidorlarni aniqlash, viloyat terma jamoalariga sportchilarni saralab olish va ularning qobiliyatlarini munosib rag‘batlantirish maqsadida Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda mahalla yoshlari o‘rtasida (13-14 yosh) “Mahallamizda futbol” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa joriy yilning 23 sentyabr kuni Jizzax viloyatining Zomin tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi futbol o‘yingohida bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning barcha tumanlaridan 14 ta jamoalar ishtirok etdi.

Musobaqaning yakuniy natijasiga ko‘ra:

1-o‘rinni Zomin tumani O‘riklik MFY “Zomin-1” jamoasi;
2-o‘rinni Zafarobod tumanining Sadvin MFY jamoasi;
3-o‘rinni Zomin tumani Pshag‘or MFY “Zomin-2” jamoasi egalladi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan diplom, medal va musobaqa kubogi bilan taqdirlandilar.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *