Mahammadjonov WBC kamari uchun jang qildi

Moskva shahridagi professional boks oqshomida oʻzbekistonlik yosh charm qoʻlqop ustasi Ravshan Mahammadjonov ringga koʻtarildi.

Hamyurtimizning bu safargi jangi 23 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasidagi WBC kamari (birinchi oʻrta vazn) uchun tashkil etildi.

Ushbu bahsda bokschimizga ukrainalik Volodimir Gordiyenko raqiblik qildi.

Qayd etish joiz, Ravshan ikkinchi raundda oʻtkazib yuborilgan zarba natijasida nokdaun holatiga tushib qoldi. Sakkiz raundga moʻljallangan jang toʻliq davom etdi. Yakunda gʻolib ochkolar hisobiga koʻra aniqlandi. Quvonarlisi yakunda har uchchala hakam ham bokschimizning gʻalabasini (77-74, 77-74, 76-75) qayd etdi.

Shu tariqa, Mahammadjonov birinchi oʻrta vazn toifasida WBC Youth kamarini qoʻlga kiritdi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziriligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *