Mamlakatimiz boʻylab “Sogʻlom hayot sari 5000 ming qadam” tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabr kungi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6099-son Farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida mamlakatimiz boʻylab sport musobaqalari va ommaviy tadbirlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Jumladan, Fargʻona viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston tumanida “Sogʻlom hayot sari 5000 ming qadam” shiori yurish hamda ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Bunday tadbirlar tumandagi mahallalarda aholining barcha qatlamlarini jalb qilgan holda sport tadbirlari va badantarbiya, yurish, yugurish mashgʻulotlarini oʻtkazib kelinmoqda.

Mazkur tadbirda mingga yaqin aholi ishtirok etdi. Tadbirda munosib ishtirok etganlar taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *