
Samarqandda badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston kubogi boʻlib oʻtmoqda.
Kuni kecha start berilgan Badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston kubogi bahslari ayni qizgʻin pallasiga yetib keldi. 19-dekabrga qadar davom etadigan mazkur musobaqaga 2008-yil va undan katta boʻlgan qizlar oʻz mahoratlarini namoyish etishmoqda.
Ushbu kubok bahslari Samarqand shahridagi 2-son bolalar-oʻsmirlar sport maktabida boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur musobaqaga yurtimizning 12 ta hududidan 150 nafardan ortiq gimnastikachi qizlar yetib kelishgan.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati