Namangan viloyati hokimi voleybol musobaqasida oʻz mahoratini sinab koʻrdi

Kecha Namangan viloyati Norin tumanidagi «Boʻzoʻlmas» mahallasida joylashgan mini-futbol maydonida tuman hokimi kubogi uchun oʻtkazilayotgan musobaqaga start berildi. Musobaqada jami 20 jamoa hamda 200 nafar yoshlar ishtirok etmoqda.

Musobaqa Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovning ramziy zarbasi bilan boshlandi.


Norin tumani bolalar va oʻsmirlar sport maktabining “Olimp” zalida esa voleybol boʻyicha yoshlar oʻrtasida tuman hokimi kubogi boʻlib oʻtmoqda. Musobaqada jami 8ta jamoa ishtirok etmoqda. Eʼtiborlisi, viloyat hokimi voleybol musobaqalarida maydonga tushdi va oʻz mahoratini sinab koʻrdi.


Shuningdek, “Hokim kubogi” musobaqalari doirasida bolalar va oʻsmirlar sport maktabida shaxmat boʻyicha musobaqalar ham oʻtkazilmoqda. Viloyat hokimi ushbu musobaqalarni ham kuzatdi. Taʼkidlash joiz, shaxmat musobaqalarida 70 nafardan ortiq yoshlar oʻz zakovatini namoyish etmoqda.


Tadbir doirasida Namangan viloyati hokimi Sh.Abdurazzoqov yaqinda oʻtkazilgan mamlakat chempionatlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan norinlik sportchilar, jumladan taekvondo WTF boʻyicha Gulsanam Alijonova hamda yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston chempioni boʻlgan Asadbek Hojiyevni erishilgan muvaffaqiyatlari bilan samimiy muborakbod etib, ularga esdalik sovgʻalari topshirdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *