Namangan viloyati Suv sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʼsmirlar sport maktabi faoliyatiga nazar (foto)

Namangan viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli Suv sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʼsmirlar sport maktabining sport bazasi 1986 yilda foydalanishga topshirilgan. 2011 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamgʼarmasi tomonidan qayta rekonstruktsiya qilingan. 

Mazkur sport maktabida 3 ta (33×25, 25×12 va 12×6 oʼlchamdagi) suzish havzasi, bitta basketbol maydonchasi, bitta qoʼl toʼpi (gandbol) maydonchasi, trenajyor zali hamda 36 nafar oʼquvchi-sportchilarni bagʼriga sigʼdira oladigan yotoqxona mavjud.

Namangan viloyat Suv sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʼsmirlar sport maktabida 5 ta olimpiya (suv polosi, suzish, suvga sakrash, sinxron suzish va slalomda eshkak eshish) sport turlari boʼyicha 56 ta guruhga 527 nafar yoshlar jalb etilgan. Ulardan 146 nafari qizlardir. Bundan tashqari zaxira guruhlarida 100dan ortiq oʼquvchi-yoshlar suv sporti turlari boʼyicha doimiy ravishda shugʼullanishga jalb etilgan.

Bugungi kunda sport maktabida 5ta olimpiya sport turlari boʼyicha jami 36 nafar malakali trener faoliyat olib borayotgan boʼlib, ulardan 11 nafari ayollardir. Shu oʼrinda taʼkidlash lozim, yosh sportchilarga bilim va koʼnikma berib kelayotgan 36 nafar trenerdan 29 nafari oliy, 7 nafari oʼrta-maxsus maʼlumotga ega, ulardan 2 nafari oliy toifali, 15 nafari esa 1-toifali va 3 nafari 2-toifali trenerlar hisoblanadi.

Bundan tashqari, sport maktabining jami 146 nafar tarbiyalanuvchisi Oʼzbekiston milliy terma jamoasiga aʼzo sanalib, ulardan 92 nafari asosiy, 54 nafari oʼrinbosar (stajyor)lar tarkibiga kiritilgan.

Suv polosi boʼyicha – jami 112 nafar, 77 nafar asosiy tarkib, 35 zaxira;
Suvga sakrash boʼyicha – jami 9 nafar, 4 nafar asosiy tarkib, 5 zaxira;
Suzish boʼyicha – jami 2 nafar, 2 nafari zaxira tarkibida;
Eshkak eshish slalomi boʼyicha – jami 23 nafar, 11 nafari asosiy tarkib, 12 zaxira sportchilardan iborat.

Sport maktabining kirish qismi

SSIBO’SM sport inshoоtining uslubiyat xonasi

SSIBO’CM sport inshoоtining tibbiyot xonasi

SSIBO’SM sport inshoоtining yechini, dush va xojatxonasi

SSIBO’SM sport maktabining suzish havzasi

SSIBO’SMning trenajyor zali, yotoqxonasi, ovqatlanish binosi va xonalari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *