Namangan yana bir musobaqaga mezbonlik qilmoqda

Namangan viloyati suv polosi boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Ayni kunlarda Namangan viloyati, Namangan shahridagi “Okean” suv sporti saroyida suv polosi boʻyicha mamlakat birinchiligi boʻlib oʻtmoqda. Joriy yilning 20-dekabr sanasiga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan mazkur musobaqaning bugun ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ushbu chempionatda 2004-2006-yillarda tugʻilgan 220 dan ortiq sportchilar oʻzaro bahslashadi.

Taʼkidlash lozim mazkur chempionatda Toshkent shahridan 4 ta jamoa, Samarqanddan viloyatidan 2 ta jamoa, Fargʻona viloyatidan 3 ta jamoa, Andijon viloyatidan 1 ta jamoa (oʻsmirlar), Xorazm viloyatidan 1 ta jamoa tashrif buyurgan boʻlsa, mezbon namanganliklar 5 ta jamoa bilan musobaqada ishtirok etishmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *