
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Namanganda futbol boʻyicha 2007 va 2008-yillarda tugʻilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri oʻsmirlar terma jamoalari oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.
Jumladan, bugun 2008-yilda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi musobaqalarning guruh bosqich oʻyinlari yakunlanib, chorak finalchilar aniqlandi.
Oʻzbekiston kubogining 3-tur oʻyinlarida quyidagi natijalar qayd etildi:
Jizzax viloyati – Buxoro viloyati – 1:0
Fargʻona viloyati – Sirdaryo viloyati – 2:0
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – Xorazm viloyati – 1:0
Andijon viloyati – Toshkent viloyati – 0:2
Navoiy viloyati – Surxondaryo viloyati – 0:2
Guruh bosqichi yakuniga koʻra A guruhida Fargʻona viloyati yosh futbolchilari 9 ochko bilan 1-oʻrinni egalladi. Jizzax viloyati jamoasi esa 6 ochko bilan 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
B guruhida Toshkent shahri jamoasi ikki oʻyinda 6 ochko jamgʻargan holda guruh gʻolibligini qoʻlga kiritgan boʻlsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi 3 ochko bilan 2-oʻrinni egallagan holda chorak finalga yoʻl oldi.
S guruhida poytaxt viloyati yoshlari yuz foizlik natija bilan 1-oʻringa sazovor boʻldi. Bu guruhda 2-oʻrinni Samarqand viloyati terma jamoasi qoʻlga kiritdi.
Nihoyat D guruhida surxondaryolik yosh futbolchilar birinchi, musobaqa mezbonlari esa ikkinchi boʻlishdi va ular ham chorak final yoʻl olishdi.
Chorak finalda quyidagi juftliklar oʻzaro toʻqnash kelishadi:
Fargʻona – Samarqand
Toshkent sh. – Namangan
Toshkent vil. – Jizzax
Surxondaryo – Qoraqalpogʻiston Respublikasi


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati