Namanganda “Biz yoshlar doimo sport bilan” shiori ostida futbol musobaqasi boʻlib oʻtmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5887-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida mamlakatimiz boʻylab sport musobaqalari va tadbirlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Namangan viloyati Mingbuloq tumani jismoniy tarbiya va sport boʻlimi tomonidan “Biz yoshlar doimo sport bilan” shiori ostida 12-13 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi. 

Musobaqada maktab bosqichlarida gʻolib boʻlgan jami 18 ta jamoa ishtirok etmoqda. 

Unda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ijtimoiy siyosatning muhim yoʻnalishlaridan biri ekanligi, sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash borasida qilinayotgan ishlarni alohida eʼtirof etdi.

Oʻziga xos qizgʻin murosasiz bahslar bugun yakunlanadi. Gʻolib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalar bilan ragʻbatlantiriladi. 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *