Namanganda Oʻzbekiston kubogi yakunlandi

amanganda velotrek boʻyicha Oʻzbekiston kubogi bahslari yakunlandi. Kattalar va oʻsmirlar oʻrtasida tashkil qilingan musobaqada respublikamizning 100 nafardan oshiq iqtidorli trek ustalari gʻoliblik uchun bahs olib borishdi. 

Taʼkidlash joiz, musobaqada terma jamoaning asosiy tarkib vakillari ishtirok etishmadi. Boisi turnir terma jamoa murabbiylari uchun asosiy tarkibga raqobatbardosh jamoani shakllantirib olish, yosh sportchilar orasidan iqtidorli trek ustalarini saralab olish maqsadida tashkil etilgandi.

Qiziqarli kechgan erkaklar oʻrtasidagi guruh poygasida samarqandlik Botir Ismatov, ayollar oʻrtasida esa Asal Rizayeva gʻalabani qoʻlga kiritdi. Shu va boshqa yoʻnalishlarda gʻolib va sovrindorlar bilan tanishing: 

Velotrek boʻyicha Oʻzbekiston kubogi. 
Erkaklar, guruh poygasi:

1. Botir Ismatov
2. Umid Baxtiyorov
3. Sergey Gorelikov

Ayollar: 
1. Asal Rizayeva
2. Madina Qahxorova
3. Nafosat Qoziyeva

Oʻsmir yigitlar, guruh poygasi:
1. Farrux Bobosherov
2. Marsel Veseliy 
3. Artyom Talezenkov

Qizlar: 
1. Samira Ismoilova
2. Kseniya Li
3. Yana Mishinova

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *