Namanganda og‘ir atletika bo‘yicha viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, bugun 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6099-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash bo‘yicha sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb qilish, o‘smir va qizlarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, og‘ir atletika sporti bo‘yicha Namangan olimpiya zaxiralari kolleji va viloyat terma jamoasiga iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadida konstitutsiya kuniga bag‘ishlab viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqa Namangan olimpiya zaxiralari kolleji og‘ir atletika zalida bo‘lib o‘tdi. Murosasiz kurashlarga boy o‘tgan musobaqada 200 nafardan ortiq atletlar g‘oliblik uchun bellashishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *