Namanganda “Street Workout” musobaqasi oʻtkazildi, gʻolib Respublika final bosqichida ishtirok etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Namangan viloyati hududiy dasturiga muvofiq Namangan shahrida “Street Workout” boʻyicha viloyat birinchiligi tashkil etildi. Viloyatning Chust tumanida tashkil etilgan musobaqada har bir tumandan 2 nafardan, jami 24 nafar yoshlar gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.

Musobaqada uyushmagan yoshlar bilan bir qatorda oliy taʼlim, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchi va talabalari ham ishtirok etdi. Bellashuvlar yakuniga koʻra statika, dinamika va texnika yoʻnalishlarida kuch sinashgan yoshlar ichida toʻraqoʻrgʻonlik Sardorbek Pirmatov 1-oʻrinni egallab, Respublika final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

“Street Workout” boʻyicha Respublika final bosqichi shu yilning dekabr oyining soʻnggi oʻn kunligida Toshkentda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *