Navoiy viloyatida sport taʼlim muassasalari xodimlari ishtirokida “Rahbar kubogi” musobaqasi oʻtkazildi

Navoiy viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktablarining ishchi xodimlari oʻrtasida futbol boʻyicha “Rahbar kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Dastlab, musobaqada ikkita yarim final uchrashuvlari oʻtkazilib, unda Navoiy OZK — Xatirchi tumani BOʻSM hamda Navoiy shahar 1-BOʻSM — Navbahor BOʻSM jamoalari bellashishdi. Final bosqichiga Navoiy shahar 1-BOʻSM va Xatirchi tumani BOʻSM jamoalari yoʻl olishdi. Final uchrashuvi qizgʻin va murosasiz oʻtib, 2:0 hisobida Navoiy shahar 1-BOʻSM xodimlaridan tashkil topgan jamoaning qoʻli baland keldi. Musobaqada 3-oʻrinni Navbahor tumani BOʻSM jamoasi egalladi.

1. Navoiy shahar 1-BOʻSM
2. Xatirchi tumani BOʻSM
3. Navbahor tumani BOʻSM.

Musobaqaning final bahsi yakunlangach musobaqa tashkilotchilari tomonidan gʻolib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Musobaqaning gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilarning kubok, medal va diplomlari bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *