Navoiyda ham “Hokim kubogi” musobaqasi gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi

2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish hamda ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy viloyatida ham mini-futbol boʻyicha «Hokim kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.

Musobaqada Navoiy viloyatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan jami 80ta korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Kuni kecha ushbu musobaqaning gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Murosasiz tarzda oʻtgan bahslar yakuniga koʻra 1-oʻrin Navoiy viloyat hokimligi jamoasiga nasib etdi. 2-oʻrinni esa viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, sovrindorlar uchligiga Navoiy viloyat Sanoat va iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi hamda Navoiy xalqaro aeroporti jamoalari yakun yasab berishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *