
Navoiy shahrida sport kurashlari, yaʼni yunon-rum kurashi, erkin kurash va ayollar kurashi boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boshlandi.
Yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi mezbonlik qilayotgan yilning asosiy musobaqasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 450 nafar kurashchi gʻoliblik uchun bellashadi.
Bugun Oʻzbekiston chempionatining ilk kunida yunon-rum kurashi boʻyicha 10ta vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati