Nukus shahrida sport sohasiga berilayotgan eʼtibor qay darajada? 1-sonli BOʼSM misolida

Hozirgi kunda barcha joylarda boʼlgani kabi Qoraqalpogʼiston Respublikasida ham jismoniy tarbiya va sport sohasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Nukus shahar 1-sonli bolalar-oʼsmirlar sport maktabi 2016-yil foydalanishga topshirilgan. Hozirgi kunda sport maktabi jami 117 shtat birligi asosida faoliyat olib boradi.

Sport maktabida 59 nafar murabbiy-oʼqituvchilar, shundan 17 ta xotin-qizlar boʼlib, 1450 nafar sportchilar (358 nafari qiz bolalar)ga sport mashgʼulotlarni muntazam ravishda oʼtkazmokda.

Maktabda sportning jami 18 turi boʼyicha oʼquvchilar mashgʼulot olib boradi. 
Olimpiya sport turlari:
Badiyi gimnastikasi, ogʼir atletika, turan yakka kurashi, karate VKF, voleybol, dzyudo, erkin kurash, yunon-rim kurashi, futbol, taekvondo WTF.
Milliy sport turlari:
Kurash, belbogʼli kurash, yengil atletika, oʼzbek jang sanьati.
Rivojlanayotgan sport turlari:
Аnьanaviy taekvondo, shotokan karate-do sport turlari boʼyicha yosh chempionalar mashgʼulotlar olib borishmoqda.

Ushbu sport turlari boʼyicha jahon, Osiyo va Oʼzbekiston chempionatlarida jami 160 ta medallarni qoʼlga kiritgan boʼlib, shundan, 52 ta oltin, 47 ta kumush hamda 61 ta bronza jamgʼarishgan.

Jahon va Osiyo chempionatlarida jami 6ta oltin medalni, Хalqaro turnirlarda 4ta oltin, 2ta kumush va 5ta bronza hamda Oʼzbekiston chempionatlarida 45ta oltin, 42ta kumush, 56ta bronza medallarini oʼz hisoblariga yozdirib qoʼyishgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *