OʻDJTSU jamoasi imtiyoz asosida talabalikka qabul qilingan qizlarni tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF–5953-son Farmoniga muvofiq, 2020-yilda respublikamiz boʻyicha 940 nafar xotin-qiz qoʻshimcha kvota boʻyicha davlat granti asosida talaba boʻlishdek baxtga erishdi.

Shunday yaratilgan imkoniyatdan foydalangan yoshlarning 14 nafari Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining davlat granti asosida tahsil oladigan talabasiga aylandi.

Bugun universitet rahbariyati Toshkent shahridan Yoqubjonova Nargiza va Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashaydigan Mahmudova Durdonalarning xonadonlariga tashrif buyurdi va mazkur imtiyozdan oqilona foydalangan qizlar va ularning ota-onalariga mamlakatimizda xotin qizlarga berilayotgan shart-sharoit, imkoniyatlardan toʻgʻri va oqilona foydalangani bilan tabrikladi.

Shuningdek, universitet vakillari Prezident tashabbusi bilan berilgan imkoniyatning ilk sovrindorlari boʻlgan talaba qizlarga esdalik sovgʻalari hamda universitet rektori M.Boltabayevning tabriknomasini taqdim etdilar.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *