OʻFA superkubogi qaysi jamoalarga nasib etdi?

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligiga bagʻishlab Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi superkubogi uchun musobaqa tashkil etildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga tasarrufidagi Toshkent shahar futbol mahorati maktabi mezbonlik qilgan ushbu musobaqada hududiy terma jamoalar ishtirokida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston kubogi hamda futbol mahorat maktablari tarbiyalanuvchilari bahs olib borishgan “Professional futbol maktablari ligasi” gʻoliblari oʻzaro bahs yuritishdi.

Dastlab maydonga 2008-yilda tugʻilgan futbolchilar taklif etildi. Unda Toshkent shahar futbol mahorat maktabi hamda Surxondaryo viloyati BOʻSM terma jamoalari oʻzaro kuch sinashishdi. Uchrashuvda poytaxtlik yosh futbolchilar raqiblaridan har jabhada ustun ekanligini namoyish etdi va yirik – 7:0 hisobida zafar quchdi.
OʻFA superkubogi
2008-yil
Toshkent FMM – Surxondaryo BOʻSM TJ – 7:0

2007-yil
Toshkent terma jamoasi – Namangan FMM – 3:0

2006-yil
Toshkent TJ – Xorazm FMM – 4:1

2005-yil
Toshkent TJ – Andijon FMM – 1:2

2003-yil
Toshkent TJ – Andijon FMM – 2:2 (penaltilar seriyasi: 4:5)

Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar medal, diplom va kubok bilan taqdirlanishdi. Mukofotlarni topshirish jarayonida oʻzbek futbolining yorqin yulduzlari, jumladan Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Zayniddin Tojiyev va boshqalar qatnashdi. Oʻzlarining sevimli futbolchilaridan mukofotlarni qabul qilib olgan yoshlar kelajakda ulardanda nomdor charm toʻp ustalari boʻlib yetishishiga tilakdoshmiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *