OʻFA xodimlari sport maydonida

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Oʼzbekiston Professional futbol ligasi hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol assotsiatsiyalari xodimlari oʼrtasida doʼstona muhitni mustahkamlash, sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish maqsadida “Sport kunlari” musobaqasi oʼtkazilmoqda.

Bugun Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi hududida sportning stol tennisi va badminton turlari boʼyicha bellashuvlar boʼlib oʼtdi. Quyida dastlabki kungi natijalar bilan tanishishingiz mumkin.

Stol tennisi (erkaklar)
1-oʼrin: Sh.Ashirov (Terma jamoalar boʼlimi mutaxassisi)
2-oʼrin: R.Mavlyanov (OʼzPFL mutaxassisi)
3-oʼrin: M.Sultonov (Bolalar, oʼsmirlar va ommaviy futbolni rivojlantirish boʼlimi mutaxassisi)

Badminton (ayollar)
1-oʼrin: Y.Panina (Musobaqalarni oʼtkazish boʼlimi mutaxassisi)
2-oʼrin: N.Jalolova (OʼzPFL mutaxassisi)
3-oʼrin: A.Tatlimuratova (Xalqaro aloqalar boʼlimi mutaxassisi)

Ertaga Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi, Oʼzbekiston Professional futbol ligasi hamda hududiy futbol assotsiatsiyalari xodimlaridan iborat futbol jamoalari oʼrtasidagi chempionatning guruh bosqichi uchrashuvlari boʼlib oʼtadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *