Oʻq otish sporti boʻyicha kuchli merganlar terma jamoaga saralanadi.

Poytaxtimiz oʻq otish sporti boʻyicha yana bir yirik musobaqaga mezbonlik qiladi.

Joriy yilning 2-8-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi sport klubi oʻq otish sport bazasida oʻq otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston kubogi bahslari boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq tashkil etilayotgan mazkur musobaqa milliy terma jamoani shakllantirish uchun seleksiya vazifasini ham oʻtab beradi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi hamda Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Musobaqa dasturidan toʻpponchadan va miltiqdan otish boʻyicha (PP-3, MV-9,MV-6, MIKS, VP-6, MP-5, MP-6) mashqlari oʻrin olgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *