“Oʻz uyida devorlar ham yordam bergan” Universitet jamoasi 1-tur gʻolibi

“Oʻz uyida devorlar ham yordam bergan” Universitet jamoasi 1-tur gʻolibi

Sportda mezbon jamoaga “oʻz uyida devorlar ham yordam beradi” degan ibora ishlatiladi.

Darhaqiqat, shunday. Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻyingohida oʻtkazilgan Regbi-7 boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining birinchi turida mezbon jamoaning omadi chopdi.

Regbi mamlakatimizda yangidan rivojlanayotgan zamonaviy sport turi hisoblanadi. Bugungi kunda aynan Oʻzbekiston Milliy Universiteti sport majmuasi mamlakatimiz Regbichilaring oʻquv mashgʻulotlarini tashkil qiladigan bazasiga aylanib ulgurgan.

Regbi boʻyi Oʻzbekiston chempionatining ochilishi ham 1-tur doirasida boʻlib oʻtdi. Tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari R.Ermatov, Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti R.Shaabdurahmonov, Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi O.Qosimov, Oʻzbekiston Milliy universiteti prorektori K.Mirzahmedov, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi bosh kotibi K.Jalilov, Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birja raisi Z.Badriddinov, shuningdek tegishli tashkilotlarning boshqa vakillari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov: Regbi ajoyib sport turi ekanligi, yurtimizda mazkur sportni yana-da rivojlantirish, chekka-chekka hududlarda ham ommalashtirish boʻyicha keng qamrovli ishlar olib borilayotganligini va bu ishlarda Oʻzbekiston Regbi federatsiyasi mutassadilarining xizmatlarini alohida eʼtirof etish lozimligini taʼkidladi.

Prezidentimizning “Sogʻlom turmush tarzi” qarorini amalga oshirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida musobaqa ochilishi Oʻzbekiston regbi federatsiyasi xodimlari va federatsiyaning bosh homiysi — Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi oʻrtasida regbi boʻyicha koʻrgazma oʻyini bilan boshlandi.

Regbi sporti muxlislari yurtimizning barcha viloyatlaridan kelgan erkaklar va ayollar jamoalari oʻrtasidagi qiziqarli uchrashuvlarni tomosha qilish imkoniga ega boʻldilar.

Oʻzbekiston regbi federatsiyasi olingan maʼlumotga koʻra regbi-7 boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining II tur oʻyinlarini 2020 yil 13-15 noyabr kunlari Fargʻona shahrida oʻtkazish rejalashtirilgan. .

Fargʻona Davlat Universitetining stadionida boʻlib oʻtadigan II-bahslarin yuqori darajada oʻtkazish uchun tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *