Oʻzbek chavandozi xalqaro musobaqadan oltin medal bilan qaytmoqda

Latviyaning Riga shahri ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha “FEI CSI2*-W” xalqaro turniriga mezbonlik qildi.

Joriy yilning 3-6-sentyabr kunlari boʻlib oʻtgan musobaqada hamyurtimiz – yilqichilik va ot sporti ustasi Abdurahmon Abdullayev yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. Turnirning dastlabki bosqichida chavandozimiz xorijlik 50 dan oshiq sportchilar bilan bellashdi.

Abdullayev “FOR FAN” laqabli oti bilan balandligi 135 sm boʻlgan toʻsiqlardan oʻtish bahslarida eng yaxshi natijani koʻrsatdi. Musobaqaning yakuniy bosqichida hamyurtimiz “СAMERLANE” laqabli oti bilan shu yoʻnalishda toʻrtinchi natijani qayd etdi.

Eʼtiborlisi, bu natijalar bilan hamyurtimiz musobaqa yakuniga koʻra oltin medalni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Ushbu yutuq pandemiya davridan soʻng tiklangan xalqaro musobaqalardagi dastlabki gʻalabamiz sifatida tarixga muhrlandi.

Xalqaro arenalarda ot sporti boʻyicha nufuzli musobaqalar koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan kichik tanaffusdan soʻng qayta tiklanmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *