Oʻzbek jang sanʼati boʻyicha onlayn Oʻzbekiston kubogi boʻlib oʻtmoqda

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun Respublika kalendar rejasiga muvofiq 2020-yilning 15-20-sentyabr kunlari Oʻzbek jang sanʼati boʻyicha oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida onlayn Oʻzbekiston kubogi oʻtkazilmoqda. Musobaqa Oʻzbek jang sanʼatining jamoaviy kompleks mashq, temuriylar jang usuli hamda koʻrgazmali chiqish yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etilgan.

Oʻzbekiston onlayn kubogi bahslarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan ming nafardan ortiq umidli yoshlar hamda mahoratli sportchilar oʻz mahoratlarini namoyish etishmoqda.

Dastlabki kungi bahslarda ishtirokchilar yakkalik koʻrgazmali chiqish boʻyicha bahslashgan boʻlsa, ikkinchi kungi bellashuvlarda juftlik koʻrgazmali chiqish yoʻnalishida bahslar oʻtkazildi.

Ikki kunlik qizgʻin musobaqalar yakuniga koʻra oʻz yosh toifalarida qizlar oʻrtasida Madina Toshpoʻlatova, Ruxsora Mahmudova, Saodat Abduvaliyeva, Dilafroʻz Umrzoqova, oʻgʻil bolalar oʻrtasida esa Iskander Yeshjanov, Nurmuhammad Bashirov, Hamidulla Hasanboyev, Bekzodjon Akbarovlar oʻz yosh toifalarida birinchi oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston onlayn kubogi musobaqalariga taniqli mutaxassis Akmal Aliyev bosh hakamlik qilayotgan boʻlsa, Xalqaro jang sanʼati assotsiatsiyasi bosh hakami Farhod Muhammadiyev esa sportchilarning chiqishlari hamda hakamlar faoliyatini nazorat qilib bormoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *